
Edu Arabic platformasi haqida bilishingiz shart bo'lgan ma'lumotlar.
Platforma arab tilini o'qitishning zamonaviy va an'anaviy usullarini birlashtirgan holda, maxsus videodarslarni taklif etadi
Edu Arabic o’z faoliyatini onlayn kurs shaklida boshlagan. 2022-yildan beri bir qancha pulli va bepul darslar orqali insonlarga arab tilidan saboq berib keladi. Hozirga qadar 6 mingdan ziyod faol kuzatuvchilari va 150 dan ortiq bitiruvchilariga ega.
Onlayn kurslar Sharqshunoslik Universiteti "Filologiya va tillarni o'qitish: Arab tili" yo'nalishi bitiruvchisi Otabek Sultonov tomonidan yo'lga qo'yilgan.
Platformada o'z darajangizga mos kursni tanlaysiz va maxsus videodarslar orqali arab tilini o'zlashtirasiz. Bitta darsni tugatib, testlardan muvaffaqiyatli o'tsangizgina, keyingi darsni ko'ra olasiz. Bu degani, siz uzluksiz bizning nazoratimiz ostida bo'lasiz.
Albatta, barcha darslar sizni boshlang'ich bosqichdan imtihonlargacha bo'lgan bosqichgacha tayyorlaydi. Kurs dasturi o'quvchini o'qib tushunish, eshitib tushunish, yozish va gapirish ko'nikmalarini birdek rivojlantiruvchi silsilaviy kitoblardan tuzilgan.
Edu Arabic haqida o'quvchilar fikri
Ular nega aynan Edu Arabicni tanlashgan?